fbpx
SPACE ACADEMY HAQIDA

Biz yosh mutaxassislar va biznes egalariga ta'lim berish va ularning mavjud bilimlarini mustahkamlashga intiluvchi zamonaviy tarzda ta'lim beradigan biznes loyihalar akademiyasimiz.

Nima bizni boshqalardan farqlab turadi?

Biz haqiqiy bilimlarni beramiz, amalga tatbiq etilgan keyslar bilan bo'lishamiz, ta'lim beramiz va faqat eng muvaffaqiyatli o'quvchilarni sertifikatlar bilan taqdirlaymiz. Biz beradigan bilim manfaatli va bir paytning o'zida hamyonbop.

Yaqqol afzalliklari

Yuqori sifatli ta'lim berish

Ishga joylashish imkoniyati

O'zbek tilida ta'lim olish

Onlayn ta'lim olish imkoniyati

Diplom yoki sertifikat olish imkoni

Malakali murabbiylar

Hamyonbop narxlar

Bilimlarni monetizatsiya qilish imkoniyati

Emotsional afzalliklar
Ta'lim olish jarayonidan zavqlanish
Ustozlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati
Hamfikr insonlardan iborat jamoa
Yangi bilimlarni egallash zavqi
Sifatli bilim olishga bo'lgan ishonch
Kurslarimiz kimlarga mo'ljallangan?
Yoshlar

Biznes va marketingda o'z o'rnini topishni xohlayotgan, yangi bilimlarni egallash, ularni rivojlantirish va o'zi orzu qilgan kasbni egallash hamda keyinchalik ham orttirgan bilimlari orqali daromad topishga tayyor bo'lgan intiluvchan yoshlar.

Tadbirkorlar

Marketing sohasini yaxshiroq tushunish va brendni to'laqonli shakllantirish hamda o'z kompaniyasini rivojlantirish uchun kerakli biznes ko'nikmalarini egallashni xohlayotgan tadbirkorlar va kichik hamda o'rta biznes egalari.

Bizning vazifamiz – o'z bilimlarini chinakamiga yaxshilash, yuqori haq to'lanadigan kasbni o'zlashtirish va o'z biznesini yangi darajaga olib chiqishni istagan har bir insonga biznes va marketing sohasiga oid bilimlarni egallash imkoniyatini taqdim etish.

Aziz Um. Founder of Space Academy
Biz kelajagimizni qanday ko'rayapmiz?

Kelajakda biz yirik xalqaro ta'lim muassasasi darajasiga yetishni ko'zlayapmiz.

Biz muassasamiz sertifikati chindan ham jiddiy hujjat sifatida e'tirof etilishi, bizdagi ta'lim sifati yuqori ta'lim darajasi uchun ajoyib namunaga aylanishi, o'quvchilarimiz va bitiruvchilarimiz jamiyatda o'z o'rinlarini topib, ta'lim olish uchun to'g'ri sarmoya kiritganlari bois nafaqat bilim darajalari, balki daromadlarini ham oshirishlarini o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik.

Bizning qadriyatlarimiz
Ta'lim sifati

Biz shablonlardan iborat haqiqiy dalillar keltirilmagan bilimlarni emas, balki sifatli ta'lim beramiz, bizda hammasi sifatli – ustozlardan tortib, o'quvchilar bilan muloqotda bo'lish usullarigacha.

Akademiyamiz obro'yi

Biz – infolo'lilar emasmiz, biz eng kerakli bilimlarni berib, haqiqiy tajribamiz bilan bo'lishamiz. Biz uchun Akademiyamiz obro'yi juda muhim.

Bitiruvchilarimizning bilim darajasi

Biz faqat eng bilimli va munosib o'quvchilarni chiqaramiz va sertifikatlar bilan taqdirlaymiz. Bizda intizom va mas'uliyat bor.

Biznes sohasini rivojlantirishga hissa qo'shish

Biz shunchaki kadrlarni tayyorlamaymiz, biz bu orqali yurtimizdagi biznes va marketing sohalariga o'z hissamizni qo'shamiz.

Bizdagi xususiyatlar

Bizda qanday xususiyatlar bor

Intiluvchanlik
Ulug'vorlik
Kreativlik
O'ziga bo'lgan ishonch
Mas'uliyat
Izchillik
Bilimlilik
Zakovatlilik
Brendimiz portreti
01
Qiziqishlar

Biznes, o'zini-o'zi rivojlantirish, tadbirkorlik, marketing, brendlar, sport, yaxshi kitoblar

02
Xususiyatlar

Idroklilik, ulug'vorlik, o'ziga bo'lgan ishonch, savodlilik, intiluvchanlik, vijdonlilik, kreativlik

03
Yosh va jins

Erkak 27-32

Kelajakda daromad keltiradigan bilimlar!
Call Now Button