fbpx
Birinchi xalqaro “Tashkent Digital Marketing Forum 2023” 19-20 mart, Toshkent
27.03.2023
  19-20-mart kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida xalqaro digital marketing-konferensiya va 22 nominatsiya bo‘yicha brendlar, agentliklar va raqamli kontent mualliflarini taqdirlash marosimi – Digital Marketing Awards o‘tkazildi. Forum – mamlakatning raqamli ishtirok va brendlarni ilgarilatishning yangi imkoniyatlari masalalariga bag‘ishlangan eng yirik voqyeasi, u O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan, hamkorlar ko‘magida tashkil etilgan. Bugungi kunda forum Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus, Norvegiya, Ukrainadan ko‘p yillik tajribaga ega va yetakchi xalqaro brendlar bilan ishlovchi 20 dan ziyod yetakchi spikerlarni jamlagan. Forum – bu o‘z yutuqlarini namoyish etish, g‘oyalar va kirib kelgan yilda rejalar bilan o‘rtoqlashish, bozor yetakchilarini tanish, dijital-metrikalar bo‘yicha o‘tgan yildagi yutuqlar asosida forum mukofotlarini qo‘lga kiritadigan eng yaxshi loyihalar, mahsulotlar guvohi bo‘lishning imkoniyatidir. Ikki kunlik konferensiya davomida samarali raqamli strategiyani qanday yaratish, biznesda qanday dijital-vositalardan foydalanish, Telegram va AliBaba`da qanday ilgarilash va sotish, internetdagi reklama samaradorligiga qanday ta'sir ko‘rsatish, dijitalda kuchli brendlarni qanday qurish va yana ko‘plab boshqa qiziqarli mavzularga oid chiqishlar bo‘ladi. forum spikerlari sirasida Yandeks Reklama, SAP, Admixer, Wunder Digital, Alibaba.com, Beeline vakillari mavjud. Forumda ta'sir marketingiga katta blok bag‘ishlangan. Sir emaski, brendlar reklama uchun mashhur shaxslarga, blogerlar, inflyuenserlar va selebritiga tobora ko‘proq murojaat qiladilar. Forumning maxsus mehmoni – YouTube`dagi 6,11 mln obunachiga ega “Toples” ilmiy-ommabop kanalining muallifi Yan Toples. Ommabop kontentli videolar o‘rtacha 11 mln marta ko‘riladi. Yan fizika, astronomiya, biologiya va boshqa fanlar mavzusida, shuningdek san'at, madaniya t va gender hamda avlodlar nazariyoti kabi ijtimoiy ahamiyatga ega mavzularda ilmiy-ommabop video joylaydi. Diyor Mirzaahmedov – forum tashkilotchisi, O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi: “Biz raqamli marketing sohasida xizmat ko‘rsatuvchi  yangi hamda mashhur kompaniyalar, dijitalga e'tibor beruvchi faol va mashhur brendlar, shuningdek mana shu texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqot va tanishuv imkoniyatini yaratish maqsadida har yilgi yangicha maydonchani yaratyapmiz. Bu imkoniyatdan istisnosiz barcha biznes vakillari va internet-kommunikatsiya bozori ishtirokchilari – boshlovchi blogerlar va SMM-mutaxassislardan to yirik investorlargacha foydalanishlari muhim. Har bir ishtirokchining fikridan kelib chiqib keyingi forumlar kun tartibi shakllantiriladi”.   “Tashkent Digital Marketing Forum 2023” spikerlari: Elyor Najimitdinov, “ANOR BANK” AJ Boshqaruvi raisining o‘rinbosari O‘zbekistonning zamonaviy raqobatbardosh moliya bozorida yosh raqamli bankning afzalliklari Ilhom Sobirov, “Yandeks Reklama O‘zbekiston” rahbari (O‘zbekiston) “Yandeks Reklama”: insaytlar, performans va tahlil Jorj Xeld, “Veon” raqamli mahsulotlar direktori (Niderlandiya) «Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q»: O‘zbekistonda marketing va reklamada mobil operatorning Big data imkoniyatlari Denis Shubenok, “Optimization” dastur direktori (Rossiya) «Optimization Uzbekistan»  qidiruv marketing sohasidagi mukofoti Aleksey Kotkov, “Media Gate LLP” asoschisi va CEO (Rossiya) Azizbek Yusufov, “Mirror Management” boshqaruvchi hamkori (O‘zbekiston) DATA-TRANSFORMATSIYA Iste'molchilar to‘g‘risidagi onlayn va oflayn ma'lumotlar sinergiyasi asosida insaytlar Yelena Vertikova, “Namba Media” RA akkaunt-direktori (Qirg‘iziston)  2023-yildagi biznes uchun zamonaviy IT-vositalar Vladimir Marinovich, “Vverx” biznes-maktabi asoschisi, raqamli biznes transformatsiyasi bo‘yicha ekspert (Rossiya) Biznesni raqamli rivojlantirish strategiyasi qanday yaratiladi? Igor Kim, “Wunder Agency” CEO (O‘zbekiston) 6 qadamda raqamli balog ‘atga erishish yo‘llari. O‘zbekistonda raqamli balog‘at darajasining tadqiqi Diana Laletina, “2any1” xalqaro kommunikatsiya agentligi asoschisi (Qozog‘iston) Biznes uchun Influence-marketing Aleksey Ivanov, “Mijozlar taassurotlari laboratoriyasi” (Rossiya) / Customer experience laboratory (O‘zbekiston) asoschisi va rahbari Nega mijoz tajribasini yaxshilash kerak va bu internetdagi reklama samaradorligiga qanday ta'sir ko‘rsatadi Boris Neyman, “Alibaba.com” vakili (Rossiya) E-commerce`da B2B-o‘ramaning xususiyatlari Georgiy Lobushkin, media-konsultant, “Bilayn” Head of  PR (Rossiya) 2023-yilda biznes uchun Telegram: kanal kontent-strategiyasi va samaradorlik tahlili Alena Vladimirskaya, «LAB Alena Vladimirskaya» rahbari (O‘zbekiston) Reklamaga xarajatlarsiz Telegram-kanalni biznes uchun samarali qilish yo‘llari Artyom Tokarev, “Live Dune” (Rossiya) Ko‘proq pul topishda raqobatchilar qanday yordam berishlari mumkin. «LiveDune”dan O‘rta asrlar tahlili Denis Roman, “We Digital” kommunikatsiya agentligi CEO va hammuassisi (O‘zbekiston) SMM: murakkabliklar va imkoniyatlar Umid Gafurov, “Tanish-Bilish” kreativ agentligi hammuassisi (O‘zbekiston) Blogerlar brendlarga qarshi Yan Toples, rusiyzabon YouTube`dagi eng mashhur ta'lim loyihasi muallifi va boshlovchisi (Rossiya) Sergey Ivanov, Senior Business Architect SAP (Rossiya) Raqamli marketing qurish va mijoz qiymattini oshirish yo‘llari Dmitriy Pribish, “TDIGroup CA” boshqaruvchi hamkori (Belarus) Digital-kampaniyani yanada kreativ va samarali qilish uchun 5 ta layfxak Irina Overko, Chief Marketing Officer Admixer Advertising (Norvegiya) Digitalda kuchli brendlar qanday yaratiladi Forum doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va rossiyalik blogerlar ishtirokida ta'sir marketingi, blogerlarning faoliyati va inflyuens-marketing trendlari bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan panel muhokamalari o‘tkaziladi. 20-mart soat 16:00 da Digital Marketing Awards o‘tkaziladi. Birinchi marta Tashkent Digital Marketing Forum doirasida eng muvaffaqiyatli brendlar va agentliklarni taqdirlash, shuningdek 2022-yilda eng shov-shuvli loyihalar va postlarga ega bo‘lgan blogerlarni 11 ta nominatsiya bo‘yicha eng keng ko‘lamli mukofotlash bo‘lib o‘tadi. Instagram, Telegram`ning 2022-yil uchun raqamli ko‘rsatkichlari bo‘yicha, 11 ta alohida nominatsiyada eng turfa xil, jalb qiluvchan, mashhur postlar yaratuvchi agentliklar va brendlar taqdirlanadi. Digital Marketing Awards g'oliblari “Yandeks Reklama” (internetda biznesni rivojlantirishga yordam beruvchi servislar va mahsulotlar)  tomonidan tanlangan g'oliblar Agentliklar o‘rtasida 2022-yilda perfomans-reklamadagi eng yaxshi ko‘rsatkich Webnow?   Agentliklar o‘rtasida 2022-yilda media-reklamadagi eng yaxshi ko‘rsatkich Wunder digital Mijozlar o‘rtasida 2022-yilda perfomans-reklamadagi eng yaxshi ko‘rsatkich Golden House Mijozlar o‘rtasida 2022-yilda media-reklamadagi eng yaxshi ko‘rsatkich Samsung “Wunder Digital” – global ekspertizaga ega innovatsion digital-hub tomonidan tanlangan g'oliblar: O‘zbekistonda 2023-yilda banklar saytlari o‘rtasida SEO-ko‘rinish reytingining yetakchisi sqb.uz O‘zbekistonda 2023-yilda developerlar saytlari o‘rtasida SEO-ko‘rinish reytingining yetakchisi Gh.uz “Optimization” – Sharqiy Yevropadagi eng yirik SEO-konferensiya va qidiruv marketingidagi yutuqlar uchun shu nomdagi mukofot tomonidan tanlangan g'oliblar: O‘zbekistonda 2023-yilda bank mavzusidagi saytlar o‘rtasida qidiruv yetakchisi bank.uz O‘zbekistonda 2023-yilda b anklar saytlari o‘rtasida qidiruv yetakchisi ipotekabank.uz O‘zbekistonda 2023-yilda  e-commerce  mavzusidagi saytlar o‘rtasida qidiruv yetakchisi olx.uz O‘zbekistonda 2023-yilda internet-do‘konlar o‘rtasida qidiruv yetakchisi uzum.uz O‘zbekistonda 2023-yilda ko‘chmas mulkka oid saytlar o‘rtasida qidiruv yetakchisi Tashkent.etaji.com O‘zbekistonda 2023-yilda  OAV saytlari o‘rtasida qidiruv yetakchisi gazeta.uz LiveDune — MDHda ma'lumotlar to‘plash va ijtimoiy tarmoqlar tahlili bo‘yicha eng mashhur servis tomonidan tanlangan g'oliblar: O‘zbekistondagi 2022-yilda Instagram`da eng yaxshi akkauntga ega bo‘lgan agentlik - We digital O‘zbekistondagi 2022-yilda Instagram`da eng faol obunachilarga ega bo‘lgan agentlik - Abstract Visuals O‘zbekistondagi 2022-yilda  Instagram`da eng faol va turfa xil postingga ega bo‘lgan agentlik -Rocket O‘zbekistondagi 2022-yilda Instagram`da postlar soni bo‘yicha eng faol brend - Korzinka O‘zbekistondagi 2022-yilda Instagram`da eng mashhur postga ega brend Basri Baba O‘zbekistondagi 2022-yilda Instagram`da eng ko‘p sharhlangan postga ega brend Bellissimo Pizza O‘zbekistondagi 2022-yilda Instagram`da eng jalb qilinuvchan postga ega brend LIQUI MOLY O‘zbekistondagi 2022-yilda Telegram`da eng mashhur postga ega brend EVEREST O‘zbekistondagi 2022-yilda Telegram`da eng viral postga ega brend Artel O‘zbekistondagi 2022-yilda Telegram`da eng ko‘p sharhlangan postga ega brend TBC bank O‘zbekistondagi 2022-yilda Telegram`da eng jalb qiluvchan kanalga ega brend Astrum Academy “Tanish Bilish” kreativ agen tligi tomonidan tanlangan g'oliblar 2022-yilning eng yaxshi kontenti   Eng yaxshi ta'limiy kontent: Tillar TEACHER AZAM Eng yaxshi ta'limiy kontent: Texnologiyalar TEXNOPLOV Eng yaxshi ta'limiy kont ent: Foto va video MIROLIM OBIDOV Eng yaxshi ta'limiy kontent: Tibbiyot   GYNAECOLOGY SHARK SCIENCE   Eng yaxshi biznes-kontent ANVAR ABDUQAYUM Eng yaxshi layfstayl-kontent: Foto va video YUGAYART Eng yaxshi layfstayl-kontent: Sayohat TEAZEAL Eng yaxshi layfstayl-kontent: Fashion SAID FAZILOV Eng yaxshi avto-konten t   AUTODOCTOR TEMUR TITOROV Eng yaxshi ko‘ngilochar kontent: O‘yinlar KIBER UZ Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Musiqa KONSTA   Eng yaxshi ko‘ngilochar kontent: Sketchlar   GO.UZ OZOD.SH_OFFICIAL   Eng yaxshi ko‘ngilo char kontent: Tajribalar ISOMTV Eng yaxshi ko‘ngilochar kontent: Ilmiy-ommabop   KUNDUZIY Eng yaxshi sport-kontent ASAL SAPARBAEVA   Eng yaxshi pazandalik kontenti MAZZA WORLD Eng yaxshi gastronomik sharhlar DILMUROD NIGMATULL AEV Eng yaxshi intervyu ALTER EGO INTERVYU TV Eng yaxshi podcast 102TV Eng yaxshi ijtimoiy content SUBYEKTIV Digital Marketing Awards natijalari O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra Brendlar va agentliklar marketing reytingida aks etadi.Forum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi. Bosh hamkor – ANOR BANK Forum dasturi – tadbirning rasmiy saytida: https://marketing.uz/digital-forum/
Aziz Um Kompaniya asoschisi
Курс SMM Старт 10 января
Batafsil
Call Now Button